Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya qishki transferlar davridayoq boshqa klubga o'tishi mumkin.

21 yoshli futbolchini Angliyaning "Lids" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi va u taxminan 25-30 mln evro taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur. "Tovuslar" yosh ispaniyalik futbolchi uchun Premer-liganing boshqa vakillari, shuningdek, Italiyaning "Milan", "Roma" va "Napoli" klublari bilan kurash olib boradi. La Liga klublari orasida ham forvardga talab bor.

Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, Gonsalo Garsiyaning narxi 15 mln evroni tashkil qilmoqda. Hujumchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.