Ingliz klubi "Barselona"ga 80 million evro to'lashga tayyor

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoga Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Qarg'alar" ispaniyalik futbolchini kelasi yili o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, "Nyukasl" 27 yoshli futbolchi uchun 70 mln funtdan (80+ mln evro) ko'proq mablag' taklif qilishi mumkin.
Transfermarkt ekspertlari Dani Olmoning narxini 60 mln evroga baholamoqda. Futbolchi o'tgan yilning yozida "RB Leyptsig"dan 55 mln evro evaziga kataloniyaliklar safiga qo'shilgandi.