Ingliz grandi Ronald Arauxo uchun "Barselona"ga taklif bilan chiqdi

Caught Offside nashrining xabar berishicha, Mersisayd klubi yozgi transfer oynasida "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. "Liverpul" urugvaylik futbolchi uchun 30 million evro miqdorida taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, himoyachi uchun kurashda faqat inglizlar emas, balki boshqa Evropa grandlari ham faol: "Bavariya" va "Inter" klublari ham Arauxoning holatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
27 yoshli urugvaylik futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda 29 ta o'yinda 3 ta gol urdi.