FIFA tomonidan yakshanba kuni e'lon qilingan videoda Infantino bo'lajak turnirni “4000 dan ortiq bolalar birga to'p tepishi mumkin bo'lgan o'smirlar futboli bayrami” deb atadi.

Shuningdek, Infantino o'ziga qaratilgan tanqidlarga nisbatan munosabat bildirdi.

“So'nggi bir necha hafta ichida ko'p voqealar sodir bo'ldi va sizlar meni tinglashingiz hamda o'z his-tuyg'ularingizni ifoda eta olishingiz muhim. Umuman olganda, hammasi juda ijobiy. Barcha qo'llab-quvvatlovlardan xursandman. Menga ayrim savollarni ham berishmoqda. OAVda tarqalayotgan ma'lumotlarni hisobga olsak, bu savollar kutilgan edi. Ularga to'g'ri javob bera olish va buni sof vijdon bilan amalga oshirish muhim”, – deya FIFA rahbarining so'zlarini keltiradi “L'Equipe”.

Hozirgi vaqtda turnir formati va uni o'tkazish joyi bo'yicha hech qanday aniq ma'lumot yo'q.