Infantino Toshkentga etib keldi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko'ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino yurtimizga tashrif buyurdi.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.
Tashrif davomida Infantino O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qiladi, yangi barpo etilgan Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishadi hamda “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatadi.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan