FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati-2026 ning dastlabki 16 kunida 24 ta o'yinga tashrif buyurish uchun shaxsiy samolyotda 27 marta parvoz qildi. BBC nashrining ma'lumotlariga ko'ra, tashkilot rahbari havoda 66 soatdan ko'proq vaqt o'tkazgan, uning jeti bosib o'tgan masofa esa 50 122 kilometrni tashkil etgan. Nashrning xabar berishicha, Infantino ba'zan bir sutkada uchtagacha reys amalga oshirgan. Vankuverdan Mayamigacha bo'lgan 4 507 kilometrlik parvoz eng uzoq masofali reys bo'ldi.

Iqlimshunoslarning hisob-kitoblariga ko'ra, Infantinoning ikki haftalik parvozlari davomida chiqarilgan karbonat angidrid gazi miqdori o'rtacha 78 kishining bir yillik iqlimga ko'rsatadigan ta'siriga teng. Shu sababli funktsioner ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida qoldi va ikkiyuzlamachilikda ayblandi, chunki u avvalroq shunday bayonot bergan edi:

«Iqlim, inson huquqlari, kasalliklar yoki nogironlik haqida gapiramizmi, bundan qat'i nazar, biz o'z hissamizni qo'shishga qat'iy qaror qilganmiz».

Janni Infantino 2016 yilning 26 fevralidan buyon FIFAni boshqarib kelmoqda.

Manba: Stadion.uz