FIFA prezidenti Janni Infantino Olmaotaning "Qayrat" jamoasini chempionlik unvoni bilan tabrikladi.

"Ushbu maktub orqali Qozog'istonning yangi chempioni - "Qayrat" futbol klubini tabriklashga ijozat bergaysiz! Ularning mavsum davomidagi tinimsiz sa'y-harakatlari va natijalari o'z samarasini berib, ushbu muhim unvon bilan yakunlandi. Jamoadagi har bir futbolchini va klubning barcha a'zolarini ushbu katta muvaffaqiyat bilan tabriklayman", - dedi Infantino.

Ta'kidlanishicha, Infantino Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarovga rasmiy xat yo'llagan.

"Qayrat" 26 oktyabr kuni qatorasiga ikkinchi bor Qozog'iston chempioni bo'ldi.