Infantino o'zini Eron hujumchi sifatida taklif qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino hazilomuz tarzda o'zini Eron terma jamoasi hujumchisi sifatida taklif qildi. JCh–2026 doirasidagi ilk uchrashuvdan so'ng funktsioner eronlik futbolchilarning echinish xonasiga kirib, jamoa a'zolari bilan suhbatlashdi.
Infantino og'ir siyosiy vaziyat fonida futbolchilarni qo'llab-quvvatladi. Nutqining yakunida esa u hazil aralash o'zini hujumchi pozitsiyasi uchun taklif qildi.
«Agar bosh murabbiyingiz rozi bo'lsa, keyingi uchrashuvda hujumchi sifatida maydonga tushishim mumkin», — dedi Infantino kulgan holda. Uning so'zlarini RMC Sport keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi AQSh, Meksika va Kanadada o'tayotgan JCh–2026ga mamlakat atrofidagi murakkab siyosiy vaziyatga qaramay etib keldi. Terma jamoa musobaqadagi ilk uchrashuvida Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.