"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi Andres Inesta "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

"Lamin Yamalning vazifasi yildan-yilga o'sishda davom etishdir. U aql bovar qilmaydigan tabiiylik bilan o'ynaydi va agar o'sishda davom etsa, eng buyuk futbolchilardan biriga aylanish imkoniyatiga ega", - deya Inestaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

U joriy mavsumda barcha musobaqalar bilan hisoblaganda 28ta o'yinda maydonga tushib, 13 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 13ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.