«Barselona»ning sobiq futbolchisi Andres Inesta BAAning «Galf Yunayted» klubini qabul qilib oldi va murabbiylik faoliyatini boshladi.

UEFAning «A» toifali murabbiylik litsenziyasiga ega bo'lgan yosh mutaxassis quyidagicha fikr bildirdi:

«Galf Yunayted» men uchun yangi bobni boshlash uchun to'g'ri joydek tuyulmoqda. Futbol menga hamma narsani berdi va endi men unga murabbiylik ishi, o'qitish hamda yuqori saviyaga erishish uchun intilish va iqtidorga ega bo'lgan yosh o'yinchilar bilan kundalik ish orqali qaytarmoqchiman.

Men futbolchilarni to'g'ri rivojlantirishga ishonaman: sabr-toqat, qanday o'ynash kerakligini aniq tushunish va har bir o'yinchiga chin dildan g'amxo'rlik qilish bilan. «Galf Yunayted» ham shu falsafani qo'llab-quvvatlaydi va men aynan shuning uchun shu erdaman. Men murabbiy sifatida rivojlanishni, real tajriba olishni va Pro murabbiylik litsenziyasini qo'lga kiritishni istayman», — deya Inestaning so'zlarini keltiradi «Galf Yunayted» sayti.

Eslatib o'tamiz, 2010 yilda Andres Inesta jahon chempionati finalidagi yagona gol muallifi bo'lgan edi.