Inesta murabbiy sifatida futbolga qaytishiga shama qildi

Afsonaviy pleymeyker Andres Inesta bir yildan sal ko'proq vaqt oldin futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilganidan so'ng, allaqachon futbol bilan bog'liq ishini sog'inganini tan oldi.
U o'zining so'nggi yillarini Yaponiyada o'tkazdi.
"Futbolsiz yashab bo'lmaydi. Mening uyimda bolalar to'p tepishadi, shuning uchun men xohlaymanmi-yo'qmi, baribir futbolda ichida bo'laman. Hozir menga ishonadigan jamoa bilan muhim, qiziqarli loyihani kutyapman. Vaqt tez orada keladi," - deya Inestaning so'zlarini keltiradi Ispaniyaning Marca nashri.
2010 yilda Andres Ispaniya terma jamoasiga jahon chempionligini olib keldi va Niderlandiyaga qarshi final o'yinida u yagona gol muallifi bo'lgandi.