Inesta Marokash milliy terma jamoasi texnik direktoriga aylanishi mumkin

O'tmishning mashhur futbolchisi Andres Inesta yangi ish joyiga ega bo'lishi mumkin. BBC nashrining Glasgow Times’ga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli Inestani Marokash terma jamoasi o'z safiga chorlamoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Inestaga Marokash milliy terma jamoasi texnik direktori lavozimi taklif qilinishi mumkin.
Shu yozda Marokash terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Braziliya, Shotlandiya va Gaitiga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish lozimki, o'tgan Jahon chempionatida Marokash to'rtinchi o'rinni egallagan edi. «Atlas sherlari» yarim finalda Frantsiyaga (0:2), uchinchi o'rin uchun bahsda esa Xorvatiyaga (1:2) imkoniyatni boy berishgandi.