"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona" vingeri Lamin Yamalning o'yinini yuqori baholadi.

"Lamin nihoyatda iste'dodli. U chinakam noyob o'yinchi bo'lish salohiyatiga ega. Umid qilamanki, u yildan-yilga yaxshilanib boraveradi, yaxshiroq o'ynaydi va jamoani yanada kuchliroq qiladi", dedi Inesta.