Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andres Inesta firibgarlik sxemalarida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "ko'k-anorranglilar" afsonasi Peru prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda. Inestaning firibgarlik sxemasida ishtirok etishi natijasida bir nechta tadbirkorlar 600 ming dollardan ortiq zarar ko'rgan. Andresning obro'si tadbirkorlarni aksariyati o'tkazilmagan sport va musiqiy shoularni moliyalashtirishga ishontirish uchun ishlatilgan.

Inesta faoliyatining ko'p qismini "Barselona"da o'tkazgan. Keyin u "Vissel Kobe" va "Emireyts"da o'ynadi.