Indzagi futbolchi va murabbiylar Saudiya Arabistoniga faqat pul uchun kelishi haqidagi fikrga qo'shilmaydi

«Al-Hilol» bosh murabbiyi Simone Indzagi Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni moliyaviy sabablar tufayli qabul qilmaganini ta'kidladi.
Indzagi 2025 yilning iyun oyida «Inter» bosh murabbiyligi lavozimini tark etganidan so'ng «Al-Hilol»ni boshqarishga kirishgan edi.
«Saudiya Arabistoniga ambitsiyalar uchun emas, pul uchun borishadi. Yoki boshqa voqelikni ko'rish, o'zini boshqa muhitda sinab ko'rish uchun borishadi. Xayriyatki, menda hech qachon moliyaviy muammolar bo'lmagan, bu men etishmovchilik sezadigan narsa emas. Milanda mening ajoyib uyim bor edi, u erdan hamma narsani, hatto «San-Siro»ni ham ko'rish mumkin edi.
Kelgan taklif meni ishontira oldi va mana, men shu erdaman va baxtliman», – dedi Indzagi.