Ayni kunlarda AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida FIFA Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning 2-turidan o'rin olgan Shotlandiya — Marokash uchrashuvi o'zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi.

Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Uchrashuv 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz