Ilgiz Tantashev boshqargan bahsda Braziliya Hindistonni yirik hisobda mag'lub etdi

Hindiston va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi. Uchrashuv Kalkuttadagi (Hindiston) "Vivekananda Yuba Bxarati Krirangan" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishladi. O'yinda 4:0 hisobidagi g'alabani mehmonlar nishonlashdi.
Uchrashuvdagi birinchi golni 28-daqiqada Braziliya terma jamoasi hujumchisi Estevao urdi. 48-daqiqada forvard Pedro Abreu mehmonlarning ustunligini oshirdi. 58-daqiqada braziliyaliklar yarim himoyachisi Samuel Lino hisobni yiriklashtirdi. 90+5-daqiqada esa Samuel Lino dubl qayd etib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0.
Hindiston - Braziliya 0:4
Gollar: Estevao 28, Abreu 48, Lino 58, Lino 90+5.
Avvalgi o'rtoqlik o'yinida Hindiston terma jamoasi Panama bilan durang o'ynagan edi (1:1), Braziliya esa Avstraliya milliy jamoasini mag'lub etgan edi (4:2).

Kommentariyalar