"Neftchi" klubi tayanch yarim himoyachisi Ikrom Aliboev katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham Farg'onada o'tkazadi.

TopPodcast telegram-kanali xabariga ko'ra, "yo'lbarslar" rahbariyati 31 yoshli futbolchi bilan dekabr oxirigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Tez orada u rasmiylashtiriladi.

Aliboev joriy mavsumda "Neftchi" safida jami 32 ta o'yinda 4 ta gol urib, 1 ta assist muallifi bo'ldi.

Manba: https://t.me/toppodcast1