«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale joriy mavsum yakunida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

24 yoshli frantsuz mavsum davomida rossiyalik posbon Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy berib, jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboniga aylanib qoldi. Lyuka klubdagi hozirgi holatidan mamnun emas.

Shevale Parij jamoasi safiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U «PSJ» bilan 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Darvozabonning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Liga 1 joriy mavsumida posbon 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 13 ta to'p olib chiqdi.