«Arsenal» ikkinchi urinishda ham Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozona olmadi.

Mikel Arteta jamoasi o'yin vaqtidagi 1:1 hisobidan so'ng, penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi.

Londonliklar o'z tarixlaridagi hal qiluvchi bahsda ikkinchi marta omadsizlikka uchrashdi. 2006 yilda ular Chempionlar ligasi finalida «Barselona»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgandi.

«PSJ» esa finalda uchinchi marta ishtirok etib, ketma-ket ikkinchi g'alabasini tantana qildi.