«Atletiko» La Ligada ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Umumiy to'plar nisbati — 0:4.

Bugun Diego Simeone jamoasi 24-tur doirasida safarda «Rayo Valekano»ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (0:3). Bungacha «matraschilar» «Levante» bilan durang o'ynagan (0:0) va «Betis»dan mag'lub bo'lishgandi (0:1).

Qizig'i shundaki, ushbu muvaffaqiyatsizliklar fonida madridliklar o'tgan payshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki bahsida «Barselona»ni ayab o'tirmadi (4:0).

Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Atletiko» ayni damda 45 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.