«Ikki oydan keyin-a?»: Desham Senegaldan chempionlik tortib olinganiga munosabat bildirdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Afrika futbol Konfederatsiyasi (KAF)ning Afrika Kubogi—2026 finali bo'yicha chiqargan yangi qaroriga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, tashkilot finalda maydonni tark etgani uchun Senegalga texnik mag'lubiyat yozib, g'alabani Marokashga taqdim etgan edi.
«Xuddi ko'pchiligingiz kabi, men ham hayratdaman. Bu qaror musobaqa yakunlanganidan ikki oy o'tib qabul qilindi...
Nima ham derdim, bu yumshoq qilib aytganda hayratlanarli, boshqa hech narsa demayman», — dedi Desham.