Ikki futbolchi JCh-2026 assistentlar poygasida peshqadam bo'lib turibdi

JCh-2026 guruh bosqichining ikkinchi turi yakunlanganidan so'ng turnirning eng yaxshi assistentlari ro'yxatida ikki nafar futbolchi etakchilik qilmoqda.
Hozircha golli uzatmalar soni bo'yicha Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise va Shvetsiya terma jamoasi forvardi Aleksandr Isak peshqadam bo'lib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida uchtadan assist mavjud.
Ularning ortidan ikki tadan golli uzatma amalga oshirgan katta guruh joy olgan.
JCh-2026. Assistentlar reytingi
-
Maykl Olise (Frantsiya) — 3 assist
-
Aleksandr Isak (Shvetsiya) — 3
-
Kris Vud (Yangi Zelandiya) — 2
-
Martin Edegor (Norvegiya) — 2
-
Rayan Gravenberx (Niderlandiya) — 2
-
Deniz Undav (Germaniya) — 2
-
Yozua Kimmix (Germaniya) — 2
-
Denzel Dyumfris (Niderlandiya) — 2
-
Muhammad Saloh (Misr) — 2
-
Braim Dias (Marokash) — 2
-
Xulio Ensiso (Paragvay) — 2
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar