Ikardiga La Ligadan ikki klub da'vogarlik qilmoqda

"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardi La Ligaga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Radio Mitre yozmoqda.
Futbolchiga ikkita klub da'vogarlik qilmoqda. Ikardining xizmatlariga "Elche" va "Real Ovedo" klublari qiziqish bildirmoqda. Hujumchining "Galatasaroy" bilan mehnat shartnomasi yozda yakunlanadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.
Mauro Ikardi "Galatasaroy" safida jami 108 ta o'yin o'tkazgan. Unda hujumchi 69 ta gol urib, 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.