IJF Prezidenti Marius Vizer O'zbekistonga keldi.

Dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta dubulg'a” turnirining faxriy mehmoni — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Prezidenti Marius Vizer poytaxtimizga etib keldi. Martabali mehmonni Sport vazirligi, MOQ va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.

Eslatib o'tamiz, 27-fevral - 1-mart kunlari Toshkentda dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” turniri o'tkaziladi. Unda barcha qit'adan 400 nafarga yaqin sportchi bahs olib boradi.