«Brentford» hujumchisi Igor Tiago APLning 25-turidan o'rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o'yinning (3:2) birinchi bo'limi yakunida penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu braziliyalik futbolchi uchun Angliya chempionati joriy mavsumidagi 17-gol bo'ldi. Faqatgina «Manchester Siti» a'zosi Erling Xoland undan ko'proq gol urgan — 20 ta.