Igor Sergeev «Krilya Sovetov»ga o'tmaydigan bo'ldi

Jurnalist Aleksandr Troitskiy "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeevning "Krilya Sovetov"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi.
U o'zining telegramdagi kanalida quyidagicha xabar yozdi:
«Krilya Sovetov» bosh murabbiyi Magomed Adiev bilan gaplashdim. Murabbiy Sergeev haqida quyidagi fikrlarni aytdi:
"Biz Sergeev nomzodini ko'rib chiqqan edik. Hatto shaxsan o'zim Igor bilan suhbatlashganman. Lekin o'ylashimcha, Igor "Krilya"ga kelmaydi. Uning rejalari biroz boshqacha. Aytaylik, ayrim jihatlarda fikrlarimiz mos kelmadi.
Igor juda malakali futbolchi. Shuning uchun, albatta, bizda qiziqish bo'lgan. Albatta, Igorga yaxshi va uzoq davom etadigan karera tilayman, jahon chempioniatida o'zini ko'rsata olsin. Biz uni va O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz".