Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) O'zbekiston futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadzeni 2025 yilning dunyodagi eng yaxshi murabbiylaridan biri deb e'tirof etdi.

Yil yakunlariga ko'ra, IFFHS milliy terma jamoalarning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi. Unda Timur Kapadze 10 ochko jamg'arib, sakkizinchi o'rinni egalladi va eng yaxshi o'nlikka kirdi.

Reytingda birinchi o'rinni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente qo'lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi pog'onalardan mos ravishda Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines hamda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni joy oldi. Shuningdek, top-10 talikdan Norvegiya, Angliya, Frantsiya, Marokash va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham o'rin olgan.

2025 yil yanvaridan noyabr oyigacha u O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishladi. U milliy jamoaning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning ishini davom ettirgan holda O'zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqdi.

Ayni paytda Timur Kapadze Namanganning «Navbaxor» futbol klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

O'rinIsmFuqaroligiMilliy jamoaOchkolar
1 Luis de la Fuente Ispaniya Ispaniya 136
2 Roberto Martines Ispaniya Portugaliya 83
3 Lionel Skaloni Argentina Argentina 59
4 Stole Solbakken Norvegiya Norvegiya 48
5 Tomas Tuxel Germaniya Angliya 41
6 Dide Desham Frantsiya Frantsiya 30
7 Volid Regragi Marokash Marokash 25
8 Timur Kapadze O'zbekiston O'zbekiston 10
9 Nestor Lorenso Argentina Kolumbiya 10
10 Xaver Agirre Meksika Meksika 8