IFFHS 2025 yilda klublar va terma jamoalar darajasidagi eng yaxshi murabbiylarni aniqladi

Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi murabbiylari reytingi e'lon qildi.
Klublar toifasida birinchi o'rinni «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike egalladi — 222 ochko. Ikkinchi o'rinda Entso Mareska («Chelsi», 60), uchinchi pog'onada esa Xans-Diter Flik («Barselona», 57) joy oldi. Shuningdek, kuchli beshlikka Vensan Kompani («Bavariya», 42) va Mikel Arteta («Arsenal», 24) kirdi.
Terma jamoalar murabbiylari orasida esa Luis de la Fuente (Ispaniya) ketma-ket ikkinchi bor eng yaxshi deb topildi — 136 ball. U bilan birga birinchi beshlikdan Roberto Martines (Portugaliya, 83), Lionel Skaloni (Argentina, 59), Stole Solbakken (Norvegiya, 48) hamda Tomas Tuxel (Angliya, 41) o'rin oldi.
Manba: championat.com