Ibrahimovich: «Zidan shunchaki Deshamning ishini davom ettiradi»

«Barselona» va «PSJ» sobiq futbolchisi Zlatan Ibrahimovich Zinedin Zidanning Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi. «Real»ning sobiq ustozi yaqin vaqt ichida Dide Deshamning o'rnini egallashi kutilmoqda.
«Zidan «Real»da ajoyib ish olib bordi: u Chempionlar ligasida uchta titulni qo'lga kiritdi. Hamma uning Frantsiya terma jamoasining navbatdagi murabbiyi bo'lishini biladi. O'ylaymanki, u shunchaki Desham boshlagan ishni davom ettiradi. Bunday jamoa uchun futbolchilarni tanlash qiyin emas», — deya Ibrahimovichning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Shvetsiyalik futbolchining fikricha, Zidan ko'proq murabbiy emas, balki menejerdir. Biroq u aynan shunday mutaxassislar bunday terma jamoalar uchun juda kerakli ekanini ta'kidladi.
JCh-2026 turnirida Frantsiya terma jamoasi yarim finalgacha etib bordi va unda ispaniyaliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Desham boshchiligidagi jamoani uchinchi o'rin uchun kechadigan bahs kutib turibdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar