Ibrahimovich: "Rabo bir yil oldin safimizga kelishi kerak edi"

"Milan" rahbarlaridan biri Zlatan Ibrahimovich transfer oynasi so'nggida "Milan"ga o'tgan Adrien Rabo haqida fikr bildirdi. Ibrahimovichning so'zlariga ko'ra, Rabo bir yil oldin "Milan"ga o'tishi mumkin edi.
"U bir yil oldin safimizga ko'chib o'tishi kerak edi, biz uni kutayotgan edik, lekin u Frantsiyaga qaytishni afzal ko'rdi," - deya Ibrahimovichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Rabo avval ham Italiyada o'ynagan, Turinning "Yuventus" klubi sharafini himoya qilgan. Hozirda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Klub keyingi turda "Fiorentina" bilan o'ynaydi.