Mashhur sobiq hujumchi Zlatan Ibrahimovich JCh-2026 ning 1/8 finali doirasida bo'lib o'tgan Paragvay va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi yaqindagi uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Paragvayliklar maydondagi qo'pol o'yinlari va raqiblarni provokatsiya qilishga (izdan chiqarishga) urinishlari bilan futbol jamoatchiligining g'azabini qo'zitishdi, biroq bosh hakam ularga birorta ham sariq kartochka ko'rsatmadi, qizil kartochka haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi.

«Agar bu uchrashuvda men ishtirok etganimda, menga to'rt yoki beshta qizil kartochka ko'rsatishgan bo'lardi. Meni provokatsiya qilishlarini yoqtirmayman, chunki men haqiqiy futbol o'ynashni xohlayman. Ammo frantsuzlar sovuqqonlik namoyish etishdi, xotirjamlikni saqlab qolib, tabassum bilan javob qaytarishdi. Bu eng yaxshi javob — shunchaki tabassum qilish va bunday o'yinlarga aralashmaslikdir», — deya Ibrahimovichning FOX Sports telekanalidagi fikrlarini keltiradi matbuot.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi uchrashuvning 70-daqiqasida Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga minimal hisobda g'alaba qozondi.

Manba: Stadion.uz