Ibrahimovich faoliyatidagi eng qiyin raqiblarini aytdi

Sobiq hujumchi Zlatan Ibrahimovich himoyachilardan qaysi biriga qarshi o'ynash qiyinroq bo'lganini esladi.
"Senga hurmat bilan qaraydigan kuchli himoyachilar bor, seni xafa qilmoqchi bo'lganlar ham bor. Maldini va Nesta menga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi, Kellini va Samuel - men bilan ajoyib duellar o'tkazgan sevimli raqiblarim haqida ham shunday deyish mumkin," - deya shvetsiyalik sobiq forvardning so'zlarini keltiradi Italiya OAV.
Zlatan Ibrahimovich 2023 yilda faoliyatini yakunlagan edi.