Ibragimovich: «Agar Rojers 138 mln evro tursa, unda Yamal va Vinisiusning bahosi qancha?»

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich «Aston Villa»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Morgan Rojersning 138 million evro evaziga «Chelsi»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bitta mavsumni omadli o'tkazgan har qanday futbolchi ham 100 million evro turavermaydi. Buni zudlik bilan to'xtatish kerak! Qiziq, agar Rojers 138 millionga baholanayotgan bo'lsa, unda Lamin Yamal, Vinisius va Maykl Olisening narxi qancha turishi kerak? Bunga chek qo'yish lozim», — dedi Ibragimovich Fox Sports studiyasida.
O'tgan mavsumda Rojers barcha turnirlarni hisobga olgan holda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar