«Arsenal» klubining afsonaviy sobiq futbolchisi Ian Rayt jamoaning 22 yil ichida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritganidan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq hujumchi ushbu tarixiy g'alabani «kanonirlar» muxlislari bilan birgalikda nishonladi. Eslatib o'tamiz, titul taqdiri «Manchester Siti»ning «Bornmut»ga qarshi kechgan o'yinda durang (1:1) qayd etganidan so'ng hal bo'ldi.

«So'nggi uch yil juda og'ir o'tdi, ammo nihoyat bu kun etib keldi. Nima ham deya olardim? Bu aql bovar qilmas darajada ajoyib! «Arsenal» bunga loyiq edi, butun dunyodagi muxlislarimiz bunga loyiq edi. Biz bunga loyiq edik», — deya jurnalist Fabritsio Romano Raytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Mikel Arteta shogirdlari Premer-liganing so'nggi turi oldidan «Manchester Siti»dan to'rt ochkoga oldinda bormoqda.