O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohat sabab safdan chiqqanidan xabardorsiz.

Futbolchimiz Italiya poytaxti Rim shahridagi «Villa Stuart» klinikasida taniqli jarrohlardan biri — Pier Paolo Mariani tomonidan operatsiya qilindi. Aliqulov ayni paytda o'zini yaxshi his qilmoqda va tez orada reabilitatsiya jarayonini boshlaydi.

Futbolchimiz tez orada sog'ayib, safga qaytishini tilab qolamiz.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan