Husayn Norchaev Qozog'iston klubi qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» forvardi Husayn Norchaev Evropa kuboklarida ishtirok etish maqsadida «Elimay» klubiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Sports.kz jurnalist Aleksandr Troitskiyga tayanib.
«O'zbekiston terma jamoasi va “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaevga Qozog'istonning bir klubi qiziqmoqda.
Hamkasblar jamoa nomini aytmadi, ammo menimcha, bu — “Elimay”. Nima uchun deb so'ramang — shunchaki ichki his. Jamoa evrokuboklarda o'ynaydi, bu esa Husaynni jalb qilishi mumkin. Shuningdek, maosh masalasida ham futbolchini xursand qilish kerak. “Nasaf”da uning oyligi ancha yaxshigina, shu bois qozog'istonliklar unga oyiga kamida 20 ming dollar taklif qilishlariga to'g'ri keladi.
Biroq o'yinchi darajasi etarlicha yuqori. Norchaev — o'zbek Superligasining eng yaxshi to'purarlaridan biri, Chempionlar ligasida “Nasaf” uchun gollar urmoqda va milliy terma jamoaga chaqiriladi. Ehtimol, u jahon chempionatiga ham boradi.
Shu bilan birga, xuddi shu pulga Evropada o'ynab kelgan legionerni ham imzolash mumkin. Lekin Husaynning salohiyati yuqori, agar uni qishda olib ketishsa, O'zbekiston terma jamoasi safida JChda muvaffaqiyatli o'ynasa, keyinchalik juda manfaatli narxga sotish imkoni bo'ladi. Lekin futbolchi 23 yoshga kirganini ham unutmaslik kerak.
Umuman olganda, Qozog'iston chempionatining top-4 klublaridan biriga o'tish — Norchaev uchun juda qiziq variant, deb o'ylayman», — deb yozadi jurnalist.
Ta'kidlash joizki, o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Semeyning «Elimay» jamoasi 43 ochko to'plab, KPL jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Kelgusi mavsumda klub Konferentsiyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.