Nufuzli Transfermarkt statistik portali 2026 yilgi jahon chempionati davomida muxlislar qiziqishi bo'yicha yakunlarni e'lon qildi hamda sayt foydalanuvchilari tomonidan eng ko'p ko'rilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani taqdim etdi.

Dunyoning eng nufuzli turnirida eng ko'p ko'rilgan o'n bir nafar futbolchi qatoriga O'zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi, 22 yoshli Abduqodir Husanov ham kirdi. Futbolchi himoya markazidan joy oldi, uning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati esa 50 million evroga baholanmoqda.

Ramziy terma jamoaning umumiy transfer qiymati 281 million evroga teng bo'ldi. Himoya chizig'ida Husanov bilan birga ispaniyalik Mark Kukurelya («Real», 50 mln evro), niderlandiyalik Natan Ake («Fenerbaxche», 12 mln evro) va Kabo-Verde terma jamoasi vakili Lopes Kabral («Trabzonspor», 4 mln evro) joy oldi. Darvozabon pozitsiyasini esa Kabo-Verde vakili, tajribali Vozinya (50 ming evro) egalladi.

Yarim himoya va hujum chizig'idan afsonaviy hujumchilar Lionel Messi («Inter Mayami», 15 mln evro) va Krishtianu Ronaldu («An-Nasr», 10 mln evro), misrlik vinger Muhammad Saloh (22 mln evro), belgiyalik Leandro Trossard («Beshiktosh», 18 mln evro), shuningdek, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan yosh iste'dodlar — shveytsariyalik Yoan Manzambi («Aston Villa», 50 mln evro) hamda marokashlik Ayub Buaddi («Lill», 50 mln evro) o'rin oldi.

Manba: Stadion.uz