«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov jarohat tufayli jamoasining navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ma'lumot berdi.

"O'ylashimcha, Abduqodir Husanov jamoamizning navbatdagi 3 ta o'yinini o'tkazib yuboradi", — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirdi "Siti" matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali.

"Manchester Siti"ning navbatdagi 3 ta o'yini:

"Xaddersfild" - "Manchester Siti". Angliya liga kubogi, 3-bosqich (24.09)
"Manchester Siti" - "Byornli". APL, 6-tur (27.09)
"Monako" - "Manchester Siti". EChL, 2-tur (02.10)

Manba: stadion.uz