"Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov so'nggi bir nechta o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborgan edi.

Mansiti_uzb telegram-kanali xabariga ko'ra, 21 yoshli himoyachimiz kechadan boshlab engil individual mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. U tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Husanov O'zbekiston milliy jamoasining oktyabr oyidagi yig'ini uchun qaydnomasidan o'rin olmagan edi.

U joriy mavsumda jami 5 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: www.stadion.uz.