Holand hozirgi formasi haqida: «Shu paytgacha hech qachon o'zimni bu qadar yaxshi his qilmaganman»

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand aytishicha, u hozir faoliyatidagi eng yaxshi sport formada. Norvegiyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 10 ta o'yinda 13 ta gol urgan.
«Mavsum yaxshi boshlandi va o'zimni juda yaxshi his qilyapman. His qilyapmanki, bu mening eng yaxshi versiyam. Hali hech qachon o'zimni bu darajada yaxshi his qilmaganman.
Formada bo'lib turish uchun to'g'ri kayfiyatni saqlash, yaxshi tiklanish va to'g'ri ovqatlanish kerak.
Eng muhimi — muvozanatni saqlash. Energiya darajasi va motivatsiyani yuqori ushlash, tanang va onging uchun foydali ishlar qilish juda muhim», — dedi Erling Holand.
Manba: sports.ru