Hikaru Nakamura: «Men bu erda o'ynagandan, uyda o'tirib, tahlil qilsam bo'lardi»

Shaxmat bo'yicha Nomzodlar turnirining 2-turida Nakamura 1-turdagidek yana himoyada o'ynadi. Shunga qaramay, u Andrey Esipenkoga qarshi durang qayd etdi.
— Men Katalon ochilishida anchadan beri ko'rmagan juda g'alati variantni o'ynadim. Aslida pozitsiya yomon emasdi, lekin juda passiv edi. Taxta oldida esa nima qilishni tushunmadim.
Menda shunday his bo'ldiki, taxminan 15–16-yurishlarda allaqachon yutqazib bo'lgandim. Lekin baribir o'ynashda davom etdim va imkon izladim. Biroz omadim keldi va partiyani durangga olib keldim. O'ylaymanki, Andreyning bir-ikki xatoga yo'l qo'ygani menga imkon berdi, xayriyatki, undan foydalandim.
Asosiy muammo shundaki, kecha hal qiluvchi xatoni men qilgan edim. Avval ham aytganimdek, bugun Andrey yutishi kerak edi, lekin uddalay olmadi. Kecha Fabiano Karuana ham yutib turgan vaqtida xato qilgan edi. Ammo baribir oxirgi xato meniki bo'ldi.
Shuning uchun, rostini aytsam, mening chidamliligim boshqalarnikidan yaxshiroq deb o'ylayman. Shunchaki pozitsiyalar unchalik yaxshi emas edi, shu sabab partiyalar juda cho'zilib ketmoqda.
Albatta, 6 soatlik klassik partiyani o'ynash xuddi shuncha vaqt strim qilishdan ancha qiyin. Rostini aytsam, kecha ham, bugun ham ayrim paytlarda “Men bu erda nima qilyapman? Uyda o'tirib, tahlil qilsam, ancha baxtliroq bo'lardim”,- deb o'yladim. Lekin men shu erdaman, demak shunday bo'lishi kerak ekan.