Here we go. "Liverpul" rekord summa evaziga Isak transferini yopdi

"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak baribir "Liverpul"ga o'tadi. Klublar 130 mln funt sterling (150 mln evro) evaziga transferga kelishib oldi, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat bitim bo'ladi.
Dushanba kuni 25 yoshli shved tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Futbolchi iyul oyidayoq "qizillar" bilan hamkorlik shartlarini og'zaki kelishib olgan - shundan beri u faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ko'rib chiqmagan.
Aleksandr Isak "Nyukasl" safida jami 109 ta o'yinda maydonga tushib, 62 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.