"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson ijara asosida "Bavariya"ga o'tmoqda. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Bavariya" forvard ijarasi uchun "Chelsi"ga 15 million evro to'laydi. Shu bilan birga, shartnomada 80 million evroga sotib olish imkoniyati ko'rsatiladi. Tez orada Jekson kelishuvni yakunlash uchun Germaniyaga etib borishi kerak.

2023 yilda "Chelsi" Jeksonni "Vilyarreal"dan 37 mln evroga sotib olgandi. Bu vaqt ichida senegallik 81 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

24 yoshli futbolchining "ko'klar" bilan mehnat shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan.