«Hech qachon taslim bo'lma». «Manchester Siti» Husanovning Salohga qarshi o'yinini e'tirof etdi (video)

«Manchester Siti»ning Instagram'dagi sahifasi O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ishtirok etgan epizodga munosabat bildirdi. Bu holat Angliya kubogi chorak finalida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda (4:0) sodir bo'ldi.
O'yin epizodlaridan birida Husanov «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga qarshi jonkuyarlik bilan kurashdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.
«Hech qachon taslim bo'lma», — deb yozdi «Manchester Siti» Instagram sahifasi va O'zbekiston bayrog'i emodzisini qo'shdi.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» «Liverpul»ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ushbu o'yinda Erling Xoland xet-trikka erishdi, Antuan Semeno esa yana bir golga mualliflik qildi.
Yarim finalda Angliya kubogi doirasida «Manchester Siti» «Sautgempton»ga qarshi maydonga tushadi.
Never give up pic.twitter.com/vZDqF92PT8
— Manchester City (@ManCity) April 6, 2026