Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Xosep Gvardioladan bo'lajak «Uembli» tashrifi u uchun «shaharliklar» bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo'ladimi-yo'qmi, deb so'rashdi.

«Yo'q, hech qachon, hech qachon! Shartnomam bo'yicha yana bir yilim bor!» – deya ispaniyalik mutaxassisning javobini keltirmoqda The Touchline nashri.

Ommaviy axborot vositalarida Gvardiolaning joriy mavsum yakunida «Manchester Siti»dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar bir necha oydan beri davom etmoqda. Hatto uning o'rnini egallashi kutilayotgan o'rinbosar ham ma'lum — bu «Chelsi» sobiq ustozi Entso Mareskadir.

Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.