-84 kg vazn toifasida UFC chempionligini qo'lga kiritgan, mag'lubiyatga uchramagan 31 yoshli Hamzat Chimaev o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Shon Striklendga qarshi jang qaysi holatda o'tkazilishini ma'lum qildi.

"U Drikus dyu Plessiga yutqazdi. U men bilan jang qilish uchun bitta jangda g'alaba qozonishi kerak. Lekin unga Shonni berishsa, bu kimni qiziqtiradi? UFC shou qilmoqda", - dedi Chimaev ESPN’ga bergan intervyusida.

Hamzat Chimaev Shimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag'lubiyatsiz chempion bo'lishga muvaffaq bo'lgan 16-jangchi bo'ldi. Chechenistonlik o'z rekordida 15 ta g'alabaga erishgan, shundan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan.