“Hamma bilan o'ynay olaman!” — Ekitike "Liverpul"dagi Isak bilan raqobat haqida gapirdi

Yugo Ekitike Aleksandr Isak bilan birga o'ynay olishiga ishonmoqda.
"Biz birga o'ynay olamiz. Menimcha, bu bir taymda atigi bir marta bo'lgan, shuning uchun, albatta, hozircha aniq bila olmaymiz. U yaxshi o'yinchi va men xavotir olmayman, chunki vaqt o'tishi bilan bunday o'yinchilar rivojlanib boradi va o'zaro munosabatlarni o'rganadi.
Ishonchim komilki, nafaqat u bilan, balki hujumdagi istalgan futbolchi bilan o'ynay olaman. Albatta, hamma bir vaqtning o'zida maydonga tusha olmaydi, lekin men istalgan odam bilan o'ynashim, o'yindan zavq olishim va yaxshi futbol namoyish etishim mumkin," - dedi "Liverpul" hujumchisi.