So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Hakim Zieshga "Bolonya" va "Fiorentina" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchi bilan mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Ziesh yoz boshida Qatarning "Al-Duhail" klubi bilan shartnomasini bekor qilganidan keyin erkin agentga aylandi. 32 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar formada bo'lish uchun faoliyatini Evropa chempionatida davom ettirishni maqsad qilgan. U Italiyani bu yo'lda ajoyib variant deb hisoblamoqda.