Hakamlarning xatosi tufayli Neymar maydondan majburan chiqarib yuborildi (Video)

Braziliya A Seriyasi doirasida kechgan «Santos» va «Koritiba» jamoalari o'rtasidagi kechagi uchrashuvda Neymar va hakamlar brigadasi ishtirokida shov-shuvli voqea yuz berdi.
O'yin vaziyatlaridan birida «Santos» hujumchisiga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilayotgan edi. To'rtinchi hakam Neymar uchrashuvni davom ettira olmaydi deb noto'g'ri xulosa chiqargan va bayonnomaga (protokolga) aynan braziliyalik yulduzning almashtirilishini yozib qo'ygan. Vaholanki, murabbiylar shtabi maydondan boshqa futbolchini olmoqchi edi.
Neymar maydonga qaytmoqchi bo'lganida, almashtirish allaqachon rasman tasdiqlab bo'lingani ma'lum bo'ldi. Hakamlar brigadasi o'z qarorini bekor qila olmadi, natijada hujumchi uchrashuvni muddatidan oldin yakunlashga majbur bo'ldi. Ushbu voqea paytida braziliyalik futbolchi o'zini o'ta hissiyotlarga berilgan holda tutdi va hakamlar brigadasiga qarata baqirdi.
Uchrashuvning o'zi esa «Koritiba»ning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
During Santos’ game, the fourth official signalled Neymar to be substituted ????
— 433 (@433) May 17, 2026
Neymar was surprised but went off. However, he then realised that another player was supposed to come off, as written on the substitution sheet ????
But it was too late, as the substitution had already… pic.twitter.com/lwwkh7fEL4